Как улучшить обслуживание клиентов с помощью системы управления доставкой?
Tovarlarni xaridorlarga muvaffaqiyatli yetkazib berish — har qanday chakana biznesning asosiy maqsadi. Aytaylik, siz barcha bosqichlarni uddasidan chiqdingiz, lekin negadir oxirgi qadamda hato qildingiz. Bunday holda, oxirgi taassurotlar tufayli asabi buzilgan mijoz va biznes haqida yoqimsiz fikr paydo bo’lish ehtimoli katta.
Shipox kabi yetkazib berishni samarali boshqarish tizimi sizga yordam berishi va xaridorlaringizni xursand qilishi mumkin bo’lgan yechimlarni taklif qilishi mumkin.
Xaridor yetkazib berish variantlarini tanlashi mumkin
Talab bo’yicha iqtisodiyot tendentsiyasiga ko’ra, xaridorlar doimo o’zlari xohlagan holda xizmat ko’rsatilishini kutishadi. Mijozlarning tabi turlicha bo’lganligi sababli, barchani bitta yondashuv bilan mamnun qilish murakkablashadi. Yetkazib berishni boshqarish tizimlari mijozlarga yetkazib berish talablariga mos keladigan turli xil variantlarni taqdim etishga yordam beradi. Ular yetkazib berish rejalarini vaqt, narx, joy va boshqalarga qarab tuzishlari mumkin.
Xaridor o’z buyurtmalarini kuzatishi mumkin
Hamma xaridorlar ham o’tirib yetkazmalarini kutishga tayyor emas: ular o’z tovarlarini qachon olishlarini aniq bilishni istashadi. Yetkazib berishni boshqarish tizimlari xaridorlarga buyurtmalarni har qadamda kuzatib borish imkoniyatini yaratib beradi.
Ko’p xaridorlar yetkazib berishga ishonch bildirishmas edi, chunki xaridlarini ushlab ko’rib tanlashni xavfsizroq deb hisoblashardi. Biroq, yetkazmalarni kuzatib borish imkoniyati tufayli, xaridorlar yetkazib berishga ishonchi oshadi.
Mijozlar yetkazib berishni o’zlariga moslashtirishi mumkin
Yetkazib berishni boshqarish dasturlari paydo bo’lishidan oldin, yetkazmalar xaridorlarga oldindan ogohlantirilmasdan yetib kelgan va ba’zida ulargacha yetib bormagan. Yetkazib berishni boshqarish tizimlari yordamida mijozlar yetkazib berishning aniq vaqti va joyini tanlashi mumkin.
Talab bo’yicha yetkazib berishning paydo bo’lishi har bir kompaniyadan mijozlarga xizmat ko’rsatish va mijozlar ehtiyojini qondirishni yaxshilash uchun yetkazib berishni boshqarish tizimini joriy etishni talab qilmoqda.
Xaridor avtomatik tarzda yetkazma to’g’risida xabarnoma oladi
Buyurtmani yetkazib berish vaqti va manzilini xaridorlar o’zlari belgilashsa ham, ular yetkazma haqida unutib qo’yishi mumkin. Xabarnomalar mijozlarga buyurtmalarni yetkazib berish vaqti va sanasini eslatishda juda foydali bo’lishi mumkin. Yetkazib berishni boshqarish tizimlari mijozlarga mobil ilova, SMS yoki elektron pochta orqali ularni yetkazmasi to’g’risida ma’lumot yuborish imkonini beradi. Shunday qilib, xaridorlar o’z posilkalarini o’tkazib yubormaydi va yetkazib berish xizmatlarini qayta yetkazish bo’yicha ovora qilishmaydi.
Iste’molchilar o’z fikrlarini qoldirishlari mumkin
Yetkazib berishni boshqarish tizimlari mijozlarga sizning biznesingiz bilan bog’liq tajribalari haqida qimmatli fikrlarni bildirish imkonini beradi. Bu sharhlar sizning zaif tomonlaringizni yaxshilashga yordam beradi, shu orqali xizmatlar samaradorligini oshiradi yoki yetkazib berish xizmatining qanchalik qoniqarli ekanligini ko’rsatadi. Mijozlarning fikr-mulohazalari bilan siz yetkazib berish xizmatini xaridorlarga yanada qulayroq qilish ustida ishlashingiz mumkin.
Mijozlar Shipox-dan shaxsiylashtirilgan tajribani olishadi
Xaridorlar har qanday biznesni yetkazib berish xizmatining asosi hisoblanadi. Aynan ularning qulayligi uchun kompaniyalar mijozlar eshigigacha yetkazib berishning butun tizimini yaratadilar. Xizmat ko’rsatish darajasini bir necha pog’ona yuqoriga ko’tarish uchun Shipox kabi yetkazib berishni boshqarish tizimlari foydali bo’lishi mumkin.
Yetkazib berishni boshqarish tizimi har bir mijozning tajribasini shaxsiylashtirishga yordam beradi, bu ularga yetkazib berishning aniq sanasi, vaqti va joyini tanlash imkoniyatini beradi. Iste’molchilar o’z buyurtmalarini istalgan vaqtda olishlari va ularni qabul qilishgacha kuzatib borishlari mumkin.
Yetkazib berishni boshqarish tizimlari xaridorlarga har qachongidan ham yaxshiroq xizmat ko’rsatish imkoni.