Blogs

Marshrutlashning asosiy muammolari va ularni bartaraf etish yo’llari

Yetkazib berishni boshqarishda marshrutlash – yetkazma mijozga imkon qadar tez va samarali eltib berilishi uchun eng qulay va yaqin yo’nalishni tanlash jarayoni. Yetkazib berish jarayoni haydovchilar va operatsion menejerlar aloqada bo’lish va buyurtma aylanishini kuzatish usullarini o’z ichiga oladi. 10 yil oldin marshrutlash GPS-trekerlar va telefon aloqasi yordamida an’anaviy yo’l bilan amalga oshirilgan. Biroq, so’nggi bir necha yil ichida yetkazib berish operatsiyalari sonining keskin o’sishi sohada yangilik va o’zgarishlarni talab qilmoqda. Mijozlar va bozor talablarini qondirish uchun korxonalar o’zlarining yetkazib berish operatsiyalari uchun marshrutni rejalashtirish va optimallashtirish vositalariga moslashishlari muhimdir. Shunga qaramay, butun dunyo bo’ylab korxonalarning 52% dan ortig’i eskirgan transport vositalarini marshrutlash vositalaridan foydalanadi.

Bugungi kunda kompaniyalar marshrutlash jarayonida duch keladigan asosiy muammolar ro’yxati:

  1. Barqarorlikni oshirish va ifloslanishni kamaytirish talablari kuchayishi: Barqaror yetkazib berish ommabop bo’layotganligi sababli, yetkazib berish jarayonida karbonat angidrid emissiyasini kamaytirish va transport vositalarining yoqilg’i sarfini qisqartirish bo’yicha choralar ko’rilishi maqsadga muvofiq.
  1. Keraksiz kechikishlarni bartaraf etish imkoni yo’qligi: Eskirgan an’anaviy marshrutlash usuli yetkazib berish jarayonida keraksiz kechikishlarga olib kelishi mumkin. Kutilmagan tirbandlik yoki yo’ldagi to’xtashlar yuzaga kelgan hollarda, bu yetkazib berishda muammo keltirib chiqarishi mumkin.
  1. Qo’l mehnatiga bog’liqlik ortishi: Agar kompaniya yetkazib berish jarayonini hali avtomatlashtirmagan bo’lsa, bu uning butun yetkazib berish tizimi bevosita jamoa zimmasiga yuklanganligini anglatadi. Qo’l mehnatiga qaramlik avtomatik ravishda ko’proq xatolarga olib keladi va raqobatchilar tomonidan qo’llaniladigan yangi takomillashtirilgan texnologiyaga nisbatan samarasiz hisoblanadi. Qisqa yetkazib berish muddati va mijozlarning ko’plab talablari tufayli operatsion menejerlar va haydovchilar yetkazmalarni qisqa cheklangan vaqt ichida bajarishda qiyinchiliklarga duch kelishadi.
  1. Yetkazib berish muddatini qisqartirish: Mijozlar ko’proq onlayn yetkazmalarni tanlayotganligi sababli, tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, ularning 50% uzoq vaqt davomida yetkazib berish bilan solishtirganda 1-2 kun ichida yetkazib berish xizmati uchun ko’proq pul to’lashga tayyor. Bu shuni anglatadiki, mijozlar tezroq yetkazib berishga talab bildirishmoqda va kompaniya muvaffaqiyati ko’p jihatdan yetkazib berish jarayoni qanchalik samarali amalga oshirilishiga bog’liq bo’lmoqda.

Yetkazib berishni boshqarish dasturi ushbu muammolarni hal qila oladimi?

Shipox kabi yetkazib berishni boshqarish dasturlari kompaniyalarga marshrutlash bilan bog’liq barcha muammolarni hal qilishda yordam beradi va mavjud bo’lgan jarayonlarni so’nggi bozor amaliyotiga muvofiq yangilaydi. Shipox o’z mijozlariga avtomatlashtirilgan yetkazib berish jarayonini ta’minlaydigan bir nechta xususiyatlarni taklif etadi. Haydovchilar ilovasi operatsion menejerlarga buyurtmalarni avtomatik ravishda tayinlash va haydovchilar haqida tegishli ma’lumotlarni yangilash imkonini beradi. Bundan tashqari, marshrutni optimallashtirish funksiyasi va real vaqt rejimida kuzatuv foydalanuvchilarga yetkazib berish jarayonining boshidan oxirigacha kuzatib borish imkonini beradi, shu bilan birga ularga buyurtmaning belgilangan manzilga yetib borishi uchun mavjud bo‘lgan eng samarali va eng qisqa yo‘lni aniqlash imkonini beradi.

Qator sabablarga ko’ra bu sizning biznesingiz yetkazib berish jarayonlari va mijozlar ehtiyojini qondirish uchun qabul qilinishi kerak bo’lgan eng oqilona qarorlardan biridir.

Shipox — bu ma’lumotlarga asoslangan yetkazib berishni boshqarish dasturi bo’lib, u turli sohalardagi mutaxassislarga bozorda raqobatbardosh xususiyatlar va mijozlarni qo’llab-quvvatlash imkoniyatlaridan bahramand bo’lish imkonini beradi. Shipox foydalanuvchilari yetkazib berish jarayonining samaradorligini oshirishlari, xarajatlarini oqilona optimallashtirishlari va xizmat ko’rsatish sifatini oshirishlari mumkin. Batafsil ma’lumot olish uchun shu yerda tezkor demonstartsiyaga ariza qoldirishingiz mumkin.

Recent Blogs

Blogs

How to Get the Biggest Slice Out of the Food Delivery Industry Success

The way people eat and the relationship of the public...
Blogs

Quick Guide to Starting your Delivery Service Businesses in KSA

The Kingdom of Saudi Arabia is a rapidly growing..
Blogs

The Benefits of COD Reconciliation in Delivery Management

An eCommerce specialist has quoted “ Without a...
Blogs

Are You Making These Mistakes In Your Delivery Operations

Delivery businesses are highly in demand in today’s...