Blogs

Marshrutni optimallashtirish dasturini baholashda qanday xususiyatlarga e’tibor berish kerak

Yo’nalishni (marshrutni) optimallashtirish faqat A va B nuqtalari orasidagi eng qisqa marshrutni rejalashtirish degan keng tarqalgan noto’g’ri tushuncha mavjud. Zamonaviy yetkazib berishni boshqarish dasturi yetkazib berish yo’nalishini rejalashtirishdan ko’ra ko’proq marshrutni optimallashtirishni talab qiladi. Marshrutni optimallashtirish yetkazib berish jarayonining samaradorligini 43,7%-dan ortiqroq oshirishi mumkin. Biznes egalari va menejerlari ko’pincha eng samarali marshrutni optimallashtirish dasturini qanday qilib to’g’ri baholashni tushunmaydi.

Ushbu maqola biznesingiz uchun mukammal yetkazib berish marshruti rejalashtiruvchisini baholashda kerak bo’lgan xususiyatlarni aniqlashga yordam beradi.

  • Marshrutni tezkor optimallashtirish. Dasturiy ta’minotni tanlashda nafaqat marshrutni optimallashtirish vazifasini, balki ushbu vazifa bajarilishi tezligini ham hisobga olish kerak. Bu har qanday kutilmagan vaziyatlarda muhimdir: dasturiy ta’minot ushbu vaziyatga tez moslashib bir necha soniya ichida marshrutni o’zgartirishi kerak. Shipox kabi yetkazib berishni boshqarish dasturi yetkazib berish jarayonida har qanday fors-major holatlariga qaramay, yetkazmani muvaffaqiyatli eltib berilishini ta’minlaydi.
  • Analitik hisobot. Yetkazib berishni boshqarish tizimida avtoparkni samarali boshqarishning eng muhim jihatlaridan biri bu analitik hisobotdir. Ilg’or marshrutni optimallashtirish dasturi ma’lumotlarni tahlil qilish va tegishli hisobotlarni yaratish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak. Bundan tashqari, ushbu ma’lumotlar markazlashtirilgan asboblar panelida ham mavjud bo’lishi kerak, shunda menejerlar va foydalanuvchilar ulardan osongina foydalanishlari mumkin.
  • Samarali aloqa. Muloqot samarali yetkazib berish jarayonining eng muhim elementlaridan biridir. Yo’nalishni optimallashtirish dasturi haydovchi va menejerlar yetkazib berish paytida sodir bo’layotgan barcha jarayonlardan xabardor bo’lishini ta’minlashi kerak. Mijozlarga buyurtmaning joylashuvi to’g’risida xabar berish imkoniyati juda katta afzalliklardan biri.
  • Mijoz ehtiyojlariga moslashtirish. Marshrutlash dasturi moslashuvchan va biznes ehtiyojlaringizga to’liq moslashtirilgan bo’lishi kerak, shunda jamoangiz dasturiy ta’minotni o’rganishga qo’shimcha kuch sarflamaydi. Biznes jarayonlar turli xil bo’lganligi sababli dasturiy ta’minot aynan sizning biznes ehtiyojlaringizga to’liq moslashtirilgan bo’lsa, tizim yaxshi ishlaydi.
  • Integratsiyalar. Agar sizning jamoangiz yetkazib berish jarayonlarini boshqarish uchun tashqi marshrutlash tizimidan foydalanishi kerak bo’lsa, bu qo’shimcha sa’y-harakatlarni talab qiladi. Bu biznesingiz xarajatlari va samaradorligiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Eng mos dasturiy ta’minot bu sizning tizimingizga osongina integratsiya qilinishi mumkin bo’lgan dastur bo’lib, u jamoaning foydalanishini osonlashtiradi.
  • Mahsulotni doimiy ravishda takomillashtirish. Bozordagi tendentsiyalar va texnologiyalarni doimiy ravishda kuzatib borish charchatishi va noqulay bo’lishi mumkin. Shuning uchun, eng so’nggi bozor amaliyotlarini hisobga oladigan va doimiy ravishda takomillashtirib boriladigan dasturiy ta’minotni tanlang.

Shipox — bu ma’lumotlarga asoslangan yetkazib berishni boshqarish dasturi bo’lib, u turli sohalardagi mutaxassislarga bozorda raqobatbardosh xususiyatlar va mijozlarni qo’llab-quvvatlash imkoniyatlaridan bahramand bo’lish imkonini beradi. Shipox foydalanuvchilari yetkazib berish jarayonining samaradorligini oshirishlari, xarajatlarini oqilona optimallashtirishlari va xizmat ko’rsatish sifatini oshirishlari mumkin. Batafsil ma’lumot olish uchun shu yerda tezkor demonstartsiyaga ariza qoldirishingiz mumkin.

Recent Blogs

Blogs

How to Get the Biggest Slice Out of the Food Delivery Industry Success

The way people eat and the relationship of the public...
Blogs

Quick Guide to Starting your Delivery Service Businesses in KSA

The Kingdom of Saudi Arabia is a rapidly growing..
Blogs

The Benefits of COD Reconciliation in Delivery Management

An eCommerce specialist has quoted “ Without a...
Blogs

Are You Making These Mistakes In Your Delivery Operations

Delivery businesses are highly in demand in today’s...